Главная \ Новости \ Farg‘onada yo‘lovchilarga yaratilayotgan sharoitlar o‘rganilmoqda

Farg‘onada yo‘lovchilarga yaratilayotgan sharoitlar o‘rganilmoqda

« Назад

Farg‘onada yo‘lovchilarga yaratilayotgan sharoitlar o‘rganilmoqda 31.03.2021 10:10

Farg‘onada yo‘lovchilarga yaratilayotgan sharoitlar o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019-yil 21-sentyabrdagi “Yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 793-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan AGTKS, AGQS va AYOQSlarda turli yo‘nalishlardagi shahobchalar monitoringini o‘tkazish, stansiyalarda zamonaviy talablarga muvofiq sanitariya-gigiena shahobchalarnining mavjudligi va ularda belgilangan qoidalarga amal qilish holati hamda ularning jihozlanganlik darajasini o‘rganish uchun tuzilgan ishchi guruh viloyatdagi obyektlarni o‘rganmoqda. Ishchi guruh bulardan tashqari, shu yerda tashkillangan ona va bola xonasi, namozxona, savdo do‘konlari, maishiy xizmat ko‘rsatish punktlari, tez ovqatlanish shaxobchalari va bepul WI-FI zonalarini tashkil etilganligi bo‘yicha ham o‘rganishlar olib bormoqda.

 

 

29-mart kuni “O‘zneftgazinspeksiya” Farg‘ona hududiy bo‘limi, Viloyat SEOM, “Hududgaz Farg‘ona” GTF hamda Farg‘ona viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi hodimlaridan iborat ishchi guruh Farg‘ona shahar Nafosat MFY Qashqar ko‘chasida joylashgan “Farg‘ona markaziy metan” MCHJga, Iftixor MFYda joylashgan “Avtomobilist” XK-2ga, O‘rmonchilar MFY Mustaqillik shoh ko‘chasida joylashgan “Farg‘ona metan gaz” AGTKS-2 MCHJga hamda shu ko‘chada joylashgan “Ideal Gaz Group” MCHJga qarashli AGTKSlarni o‘rganib, ularda yo‘lovchilarga yaratilgan shart-sharoitlar tanqidiy ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda barataraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilmoqda.

 

 

 

 

 

 

O‘rganish ishlari ertaga o'z ishini davom ettirib, viloyatdagi barcha hududlarni o'rganib chiqadi.


Наши контакты
Адрес:
150100 г. Фергана, ул. Алишер Навои, 17-А-дом