FARG‘ONADA “GID-TARJIMONLAR” AMALIYOTI BOSHLANDI
Farg‘ona viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi Axborot xizmatiMa’lumki, Farg‘ona Davlat Universiteti bir necha yildan buyon “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” bo‘yicha mutahassis kadrlarni tayyorlab kelmoqda. Ahamiyatlisi ta’lim jarayoni amaliyot bilan chambarchas bog‘liq ravishda olib borish tajribasi joriy qilingan. Rejaga ko‘ra, universitet talabalari viloyatdagi turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi muassasalar, sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, ziyoratgoh va diqqatga sazovor joylarda amaliyot o‘taydilar.
Joriy yilning 23-mart kuni Farg‘ona davlat universitetining “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” yo‘nalishida tahsil olayotgan 76 nafar talaba navbatdagi amaliy mashg‘ulotlarni o‘tash uchun Farg‘ona viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasiga yig‘ildi. Talabalarni boshqarma boshlig‘i Muzaffar Temirov shaxsan kutib olib, ularga turizm sohasi bo‘yicha dastlabki tushunchalarrni berdi.
Shuningdek, tizimda bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohotlar va yangiliklar to‘g‘risida atroflicha gapirib, talabalarning o‘quv ishlab chiqarish amaliyotiga muvaffaqiyatlar tiladi. Boshqarma mutahassislari esa, talabalarni o‘z qiziqishlariga qarab turli tashkilotlarga yo‘naltirishdi. Kimdir boshqarmaning o‘zida amaliyot o‘tashga xohish bildirgan bo‘lsa, kimdir viloyat Madaniy meros boshqarmasini tanladi. Shu zaylda talabalar Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari, Beshariq, Quva va Rishton tumanlari, Marg‘ilon turizm va servis kolleji, “Terra Nova” va “Grand Fergana” mehmonxonalari, mehmon uylari, sanatoriylar, “Dilrabo travel”, “Olga Fergana Tur” kabi manzil va muassasalarni tanladi.
Taqsimot bo‘yicha talabalar bir oy davomida amaliyot darslarini o‘taydilar.